Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

06

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 29.02.2024 yildagi O‘RQ-916 sonli Qonun imzolandi.


  Qonunga ko‘ra daraxtlar va butalarni qonunga xilof ravishda kesish, kundakov qilish, shikastlantirish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar uchun fuqarolarga BHMning 25 dan 50 baravarigacha (avval 5 dan 10 baravargacha bo‘lgan), mansabdor shaxslarga – BHMning 50 dan 75 baravarigacha miqdorda (avval 10 dan 15 baravarigacha bo‘lgan) jarima solish ko‘zda tutilmoqda.
 
  Ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, ma’muriy huquqbuzarliklarni sodir etish quroli bo‘lgan ashyoni yoki ma’muriy huquqbuzarlikning bevosita ashyosini musodara qilib, fuqarolarga BHMning 50 dan 75 baravarigacha (avval 10 dan 20 baravargacha bo‘lgan), mansabdor shaxslarga esa — BHMning 75 dan 100 baravarigacha (avval 20 dan 30 baravargacha bo‘lgan) miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi. Bunday huquqbuzarliklar uchun 15 sutkagacha ma’muriy qamoqqa olish jazosi qo‘llaniladi.