Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

23

Namangan viloyatida ijtimoiy-ma’naviy sohalarda amalga oshirilayotgan ishlar, mahalla yettiligi faoliyati tajribasini o‘rganayotgan Respublika Ishchi guruhi To‘raqo‘rg‘on tumanida ham mavjud holat, muammolar hamda yangi loyihalar bilan tanishmoqdalar.


Kun tartibidagi asosiy masalalardan biri bu yoshlar ta’lim-tarbiyasidir. 
Axsikent arxeologik majmuasida Respublika Ishchi guruhi vakillari ishtirokida tuman hokimligi va adliya bo‘limi hamkorligida o‘tkazilgan ma’naviy-tadbir yoshlarga Vatanni asrash, unga sodiq  yashash motivatsiyalarini berdi. 

Unda so‘z olganlar mamlakatimizning ertangi kuni ishonchli qo‘llarda bo‘lishi, buning uchun yigit-qizlar o‘z burchlarini anglab yetishlari, ilm va kitobxonlikka intilishlari lozimligini aytib o‘tdilar.

Tadbir davomida “Vatanparvar” tashkiloti, Milliy gvardiya, Mudofaa bo‘limi, FVBga qarashli texnikalar ko‘rgazmasi, yosh harbiylarning chiqishlari namoyish etildi. Ishtirokchilar Axsikentda amalga oshirilayotgan yangi loyihalar bilan tanishdilar.



Namangan viloyati adliya boshqarmasi