Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

22

Institutda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining 2024-yil davlat dasturi loyihasiga bagʻishlangan muhokama yigʻilishi boʻlib oʻtdi


Tadbirni institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov ochib berdi. U oʻz chiqishida ushbu loyiha bugungi kunda keng muhokama etilayotgani va koʻplab takliflar bildirilayotganini taʼkidladi. 

Viloyat adliya boshqarmasi bo'lim boshligʻi Zulfiya Ahmadxoʻjayeva, Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi viloyat boʻlimi rahbari Muhammadali Ubaydullayev mazkur strategiyaga asos boʻlib xizmat qilayotgan farmon va qarorlar, ularning aholini barcha qatlamlari, jumladan, oliy taʼlim tizimi vakillari va yoshlar uchun ahamiyati haqida maʼruza qildi. 

Institut Ijtimoiy fanlar kafedrasi dotsenti Behzod Isʼhoqov, ushbu kafedra katta oʻqituvchisi Nigora Abdullajonova “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasining 2024-yil davlat dasturi loyihasining asosiy yoʻnalishlariga toʻxtalib oʻtdi. 



Namangan viloyat adliya boshqarmasi
https://t.me/namanganadliya/24979