Янгиликлар
17
"Hunarmand" uyushmasiga a’zo bo‘lish jarayoni osonlashtirildi.
Vazirlar Mahkamasining 13.10.2023 yildagi «Vazirlar Mahkamasining 2017 yil 9 fevraldagi 66-son qarori bilan tasdiqlangan Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimchalar kiritish haqida»gi 538-son qarori qabul qilingan.
Endilikda hunarmandchilik sub’ektlari hisoblangan yakka tartibdagi tadbirkorlarni avtomatlashtirilgan tizimda ro‘yxatga qo‘yishda ular «Hunarmand» uyushmasiga a’zo bo‘lish uchun arizani onlayn yuborishlari mumkin bo‘ladi.
Ariza bo‘yicha qabul qilingan qaror haqida xabarnoma tadbirkorning shaxsiy kabinetiga yoki davlat xizmatlari markazi orqali yuboriladi.