Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

“Intellektual mulk markazi (IMM)” davlat muassasasi vakillari ishtirokida seminar o‘tkazildi.


Seminarda B.T.Sagdullaev (IMM direktori), S.A.Raxmanov (IMM TIQQM faoliyatini muvofiqlashtirish xizmati rahbari),  E.F.Nishonov (IMM Tashkiliy nazorat xizmati rahbari), J.Qo‘chqorov (Namangan viloyati Adliya boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i) hamda institut professor-o‘qituvchilari, tadqiqotchilari va soha vakillari ishtirok etishdi. 

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor M.Dadamirzaev davra suhbati tarzida tashkil etilgan seminarni kirish so‘zi bilan ochib, kun tartibidagi masala yuzasidan institutdagi “Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash markazi”da so‘nggi yillarda amalga oshirilgan ishlar hamda ushbu markazning kelajakdagi istiqbollari haqida to‘xtalib o‘tdi.

Shundan so‘ng Adliya vazirligi huzuridagi IMM direktori  B.T.Sagdullaev va markazning boshqa vakillari so‘zga chiqishib, bugungi markazda amalga oshirilayotgan ishlar, sohadagi yangiliklar va yutuqlar haqida  ma’lumot berib o‘tishdi.

Davra suhbati tarzida o‘tkazilgan seminarda ishtirok etgan professor-o‘qituvchilar  va doktorantlarning o‘zlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar olishdi hamda taraflar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar o‘zaro belgilab  olindi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi