Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Barcha harakatlarimiz fuqarolar uchun!


Aholi  va tadbirkorlik sub’ektlariga xizmat ko’rsatayotgan Davlat xizmatlari markazlarida fuqarolar uchun ham qulayliklar yaratilmoqda. Bu esa, o’z navbatida xizmatlardan emin-erkin foydalanish uchun ayni muddao bo’ladi.

Jumladan, Davlat xizmatlari markazlarida fuqarolar uchun yanada qulay sharoit va imkoniyatlar yaratish maqsadida binolarning tashqi qismini chiqindi qutilari bilan ta’minlandi. Shuningdek, velosipedlar qo‘yish uchun maxsus joylar yaratilb, davlat xizmatlari logotipini turli jihozlarda (imzo qo‘yish uskunasi, barmoq izi, “NFC reader”, krujka va ruchka) aks ettirildi. 

Bundan tashqari markazlar xodimlari hamda fuqarolarda milliy g‘urur hamda vatanparvarlik kabi tuyg‘ularni yanada yuksaltirish hamda ularning ishchanlik qobiliyatini oshirish maqsadida bino devorlarining bo‘sh qismlariga mashxur insonlarning til, ma’naviyat, bilim, yaxshilik, xalqqa va millatga xizmat, ezgulik borasida aytgan iboralarini aks ettirilgdi.

Shuningdek, barcha xodimlar ish stolida mavjud bo‘lishi lozim bo‘lgan 8 turdagi jihozlar bilan ta’minlandi. Markaz binolariga davlat bayrog‘i va adliya vazirligi logotipi tushirilgan bayroqlar joylashtirildi. 

Shu bilan birga, tuman (shahar) davlat xizmatlari markazi binosi hovlisida qushlarni oziqlanishi uchun “in” qurib berildi.


Namangan viloyati adliya boshqarmasi

https://t.me/namanganadliya/24597