Янгиликлар
Namangan viloyati adliya boshqarma boshlig’ining o‘rinbosari D.Ahmedov Chortoq tumanidagi xodimlar bilan muloqot o’tkazdi.
Chortoq tumani adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazlari, FHDY boʻlimi hamda yuridik xizmat koʻrsatish markazi xodimlari bilan suhbat davomida, ularning faoliyatini takomillashtirish, fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklarni yanada yaxshilash hamda tizimda ishlayotgan kadrlarni fuqarolar bilan muloqot qilishda xushmuomalalik va odob-ahloq meʼyorlariga amal qilish kerakligi taʼkidlandi.
Shuningdek, xodimlar bilan yuzma-yuz muloqot qilib, sohani rivojlantirish, yangi xizmatlarni joriy etish va xizmat sifatini yaxshilash yuzasidan takliflar tinglandi.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi