Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

12

Aksiya doirasida Chortoqda sayyor qabul o‘tkazildi.


Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning 20-yanvaridan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasiga start berilgan edi. 

Mazkur tashabbusda Namangan viloyati adliya boshqarmasi hamda tuman, shahar adliya boʻlimi xodimlari ham faollik koʻrsatmoqda.

Yangiqo‘rg‘on tumani "Madaniyat markazida" Chortoq aholisi uchun "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" huquqiy aksiyasi doirasida sayyor qabul o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda FHDY organlari xodimlari tomonidan huquqiy masalathlar berilib, amaliy yordam ko‘rsatildi.

Shu kuni, Chortoq tumanida yashovchi fuqarolar Tojiboyev Umid va Qurbonova Zarinani 2019-yil va 2020-yilda Rossiya Federatsiyasi, Moskva viloyatida tug'ilgan farzandlari Abdulaziz hamda Mustafo Xusanboyevga tug’ilganlik haqida guvohnoma topshirildi. Shuningdek, 2007-yildan buyon sharʼiy nikohda yashab kelayotgan Sobirjon Obidov va Gulchehra Sharipovaning qonuniy nikohlari qayd etilib, nikoh tuzilganlik haqida guvohnoma hamda ularning farzandi Soliha Sharipovaga otalik belgilab  tug'ilganlik haqida guvohnoma topshirildi.

Sayyoq qabul davomida boshqarma boshlig’i o’rinbosari D.Ahmedov tomonidan 20 nafarga yaqin fuqaro qabul qilib, ularning 15 nafariga huquqiy tushuntirish berildi. Ularning 3 ta murojaati shu joyning o’zida hal bo’lgan bo’lsa, 2 ta murojaat ko’rib chiqish uchun adliya bo’limi ish yurituviga olindi.
Bundan tashqari , "Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi" aksiyasi doirasida 15 nafar fuqaroga tug’ilish, o’lim, nikoh guvohnomasi tantanali topshirildi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi