Янгиликлар
Boshqarma boshligʻi uyma-uy yurib yoshlarning muammosini oʻrgandi.
Xabaringiz bor joriy yil yurtimizda “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili” eʼlon qilindi. Mazkur shior har bir davlat tashkilotida faoliyat olib borayotgan rahbar, xodimni yoshlar bilan ishlashga, ularni muammo va masalalarini ijobiy hal etishga undayotgani bor gap. Bunday jarayonlarda adliya tizimida ishlayotgan xodimlar ham joylarga chiqqan holda yoshlarga huquqiy koʻmak bermoqda.
Jumladan, Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi tomonidan “Yangi asr” mahallasida uyma-uy yurib yoshlar bilan uchrashib, ularning muammolarini oʻrgandi.
Xususan, Maʼmura Qayumboyeva xonadoniga borib suhbatlashilganda ishsiz ekanligini, uyida tikuvchilik bilan shugʻullanish uchun sharoit borligini, lekin tikuv mashinasi olish uchun moddiy imkoniyati yoʻqligini bildirib, tikuv mashinasi olishda amaliy yordam soʻradi. Yana bir fuqaro Zuhraxon Badolova nogironligi, yuraomasligini bildirib, davolanishda amaliy yordam soʻradi.
Mazkur murojaatlar boshqarma boshligʻi tomonidan nazoratga olindi va ularga amaliy yordam berilishi aytib oʻtildi.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi