Янгиликлар
"Ochiq eshiklar kuni"
Davlatobod tumani Adliya bo'limi tomonidan tumandagi 4-sektor hududidagi yoshlar bilan ishlash bo'yicha biriktirib berilgan MFYlardagi yoshlar uchun Adliya organlari faoliyatini tanishtirish maqsadida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi
Ogʻir toifadagi yoshlar bilan individual suhbatlar oʻtkazish va ularning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida tashkil etilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirida mamlakatimizda yoshlarga yaratilgan keng imkoniyatlar, Vatanparvarlik va fidoyilik tuygʻulari, qonunlarga itoatkorlik, kitobga muhabbat, taʼlim va tarbiyani muhim jihatlari haqida keng tushuntirishlar berildi.
Tadbir davomida tuman adliya boʻlimlari davlat xizmatlari va yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyatini bilan yaqindan tanishtirildi. Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasining “Yoshlarga oid davlat siyosati toʻgʻrisida”gi qonunini mazmun-mohiyati, yoshlar siyosatiga doir olib borilayotgan ishlar hamda yosh avlodga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida tushuntirishlar berildi.
https://t.me/namanganadliya/24482