Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

07

“Yangi asr” mahallasida tadbirkorlar bilan muloqot oʻtkazildi.


Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi Namangan shahridagi “Yangi asr” mahallasi hududida faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subʼektlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Hunarmandlar uyushmasiga aʼzo boʻlgan yakka tartibdagi tadbirkor Nasimjon Vahobov duradgorlik bilan shugʻullanadi. Moʻjazgina ishxonasida hozirda 2 nafar ishchi faoliyat olib boradi. Tadbirkorning maqsadi kelgusida ish hajmini yanada oshirib, boʻsh ish oʻrni yaratmoqchi.

Yana bir ishbilarmon Ahmadjon Qayumov AKFA romlarini ishlab chiqaradi, 3 ta ish oʻrni yaratgan. Tadbirkor ustoz-shogird anʼanalariga muvofiq, 3 nafar oʻquvchilarga ish oʻrgatadi.

Tadbirkor bilan muloqotda ularni yanada jadal faoliyat olib borishlari uchun yaratilgan sharoitlar, har bir chiqarilgan qaror va farmonlar yangidan-yangi gʻoyalar ustida ishlashga turtki boʻlishi taʼkidlandi. Shuningdek, huquqiy jihatdan qanday yordam va maslahatlar kerak boʻlsa adliya boshqarmasi hamda tuman adliya boʻlimi tayyorligi maʼlum qilindi.

Tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqotlarni tashkil etilishdan koʻzlagan maqsad ularga huquqiy tushuntirishlar berish orqali mavjud muammolarni hal etishga koʻmaklashishdan iborat.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi