Янгиликлар
Adliya vazirligi tashabbusi Namangan viloyatdagi 14 ta mahalla fuqarolar yigʻinida kutubxona ochildi.
ugun, 9 fevral kuni Alisher Navoiyning 583 yilligi munosabati bilan Namangan viloyatidagi tuman va shaharlardagi 4-sektorda joylashgan mahallalarda yoshlar uchun kutubxonalar tashkil etildi.
Loyihada koʻzlangan maqsad mamlakatimizda yoshlar orasida kitobxonlikni keng targʻib qilish, ularda kitob oʻqishga boʻlgan qiziqishni orttirish va intellektual salohiyatini oshirishga boʻlgan intilishni qoʻllab-quvvatlashdan iborat.
Aksiya doirasida kutubxonalarga Prezident asarlari, oʻzbek adabiyoti durdonalari, jahon adabiyoti, huquqiy va bolalar adabiyotiga oid 100 turdan ortiq kitob toʻplamlari mahallalarga yuborildi. Shuningdek, boshqarma xodimlari, tuman (shahar) adliya boʻlimlari tomonidan ham 50 ga yaqin kitoblar taqdim qildi.
Xususan, Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi Xayrullo Ismailov Chortoq tumanidagi "Beshkapa" mahallasida kutubxona ochilishi tadbirida ishtirok etib, Adliya vazirligi jamoasi nomidan “ziyo_ulash” chellenji doirasida mahallaga 200 ga yaqin kitoblar sovgʻa qilindi. Tadbirda shoir va yozuvchilar, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etdi.
Kutubxonada aholi, ayniqsa, yoshlar boʻsh vaqtini unumli oʻtkazish uchun barcha sharoitlar yaratildi. Kitoblar bilan birga, kompyuter jamlanmalari taqdim etildi.
Barcha yurtdoshlarimizni “ziyo_ulash” chellenjida ishtirok etishga taklif qilamiz!
Barcha foto jamlanmalar:.. https://t.me/namanganadliya/24517