Янгиликлар
Yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish muhim masala!
Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini yangi bosqichga olib chiqish, mazkur yo‘nalishda davlat va nodavlat tashkilotlari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari faolligini yanada oshirish, yoshlar ongiga vatanparvarlik, mardlik tuyg‘ularini singdirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ishlari samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilingan.
Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida Namangan viloyati adliya boshqarmasi, tuman (shahar) adliya bo’limlari tomonidan “Adliya-yoshlar tayanchi” shiori ostida huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o’tkilmoqda.
Jumladan, Uychi tumani yuridik xizmat ko‘rsatish markazi tomonidan joriy tumandagi 40-sonli umumiy o'rta ta'lim muassasasida “Adliya – yoshlar tayanchi!” mavzusida o‘quvchi yoshlari ishtirokida yoshlarni vatanparvarlik, qonunlarga hurmat va islohotlarga daxdorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan uchrashuv o’tkazildi.
Unda, o’quvchi-yoshlarning huquqiy savodhonligini oshirish hamda ularning huquqiy madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladigan mavzularda fikr-mulohaza almashildi.
Bu kabi tadbirlar viloyat bo’ylab davom etmoqda.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi