Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

02

Keksalar va nogironlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatish tizimi takomillashtirilmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning «O‘zgalar parvarishiga muhtoj keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori qabul qilingan.

Qarorga ko‘ra muhtojlarni qo‘yidagi tartibda aniqlanadi:

- «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan «Yagona milliy ijtimoiy himoya» axborot tizimida o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz yashovchi hamda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning reestri yuritiladi;

- yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarni aniqlash va ularning murojaatlarini qabul qilish mahalla darajasida amalga oshiriladi;

- «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan o‘zgalarning parvarishiga muhtojlik darajasini baholaydi, individual tartibdagi ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish rejasini tuzadi.

Yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarning yo‘qotilgan biometrik pasportlari (identifikasiya ID-kartalari) «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazi buyurtmasi asosida davlat boji undirilmagan holda almashtirib beriladi.

Ijtimoiy xizmatlar qanday ko‘rsatiladi?

Qarorga binoan, 2024-yil 1-fevraldan boshlab reestrga kiritilgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat tomonidan kafolatlangan ijtimoiy xizmatlar va yordam ijtimoiy xizmat ko‘rsatish shartnomasi asosida ko‘rsatiladi.

2024-yil 1-martdan boshlab yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga ijtimoiy xodimlar assistentlarining «soatbay» asosda haftaning barcha kunlari xizmat ko‘rsatishi uchun moslashuvchan ish tartibi joriy etiladi.

Vasiylikdagi shaxsning mol-mulkini taqsimlash va uning taqdirini hal etishga qaratilgan boshqa bitimlar notarial tasdiqlashdan avval «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari bilan kelishiladi.

Shuningdek, 2024-yil 1-apreldan boshlab «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazlari hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi tiziimdagi tibbiy-ijtimoiy muassasalarda shartnoma asosida pullik xizmat ko‘rsatish tartibi joriy etiladi.

Reestrga kiritilgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan va ularni kuzatuvchi shaxsga bir yilda bir marotaba temir yo‘l yoki shaharlararo avtobus uchun bepul chiptalar (borish va qaytish uchun) ajratiladi.

Tashkiliy o‘zgarishlar:

Markazlarda yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ijtimoiy-mehnat reabilitasiya xonalari tashkil etiladi. Istiqomat qiluvchi har 100 kishiga bir nafardan ijtimoiy xodim, reabilitolog va mehnat yo‘riqchisi shtat birliklari joriy etiladi. Markazda istiqomat qiluvchilar mehnat faoliyati bilan shug‘ullanishlari mumkin bo'ladi.

2024-yil 1-maydan boshlab reestrga kiritilgan yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslarga har oylik uy-joy kommunal xizmatlar haqini to‘lash bo‘yicha kompensasiya hamda oziq-ovqat mahsulotlari va shaxsiy gigiena tovarlari uchun har oyda qo‘shimcha pul to‘lovlari o‘rniga yolg‘iz keksalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun har oyda minimal iste'mol xarajatlari miqdorida moddiy yordam to‘lanadi.

Ulug’bek Asadullayev,
Yangi Namangan tumani yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi bosh yuristkonsulti