Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Fuqarolarga tug'ilish, nikoh guvohnomalari topshirilmoqda.


Xabaringiz bor, Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning 20-martidan “Hech bir shaxs hujjatsiz qolmaydi” aksiyasiga start berilgan. Mazkur tashabbusda Namangan viloyati adliya boshqarmasi hamda tuman, shahar fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi xodimlari ham faollik koʻrsatmoqda.

Jumladan, Yangi Namangan tuman Maʼnaviyat mahallasida istiqomat qiluvchi 2010-yilda tugʻilgan  1-guruh nogironi Adhamjon Kozimjonovga takroriy tugʻilganlik haqidagi guvohnomasi “Sayyor xizmat” tartibida joyiga chiqqan holda topshirildi.

Shuningdek, Mingbuloq tumani FHDY boʻlimi tomonidan aksiyasi doirasida xonadonlarni oʻrganish vaqtida aniqlangan “Momaxon” mahallasida norasmiy nikoh asosida  yashovchi Murotali Hayitov va Shodiyalar Qodirovaning nikohi qonuniy qayd etilib, nikoh guvohnomasi tantanali taqdim etildi.

Uchqoʻrgʻon tumani FHDY boʻlimi tomonidan Dilnavozga tugʻilganlik haqida guvohnoma topshirildi. 

Kosonsoy tumani “Doʻstlik” mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat kuluvchi fuqarolar Islom Niyozov bilan Zuhra Karimovalarning qonuniy nikohi boʻlmaganligi sababli, 2008-yil va 2011-yilda tugʻilgan farzandlarining tugʻilishini yolgʻiz ona tartibida qayd etilgan. Kosonsoy tuman FHDY boʻlimi tomonidan farzandlariga otalik belgilanib, yangi tugʻilganlik haqida guvohnomalar tantanali holatda yashash xonadonida topshirildi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi 

https://t.me/namanganadliya/24250