Янгиликлар
01
Mahallalarda "Adliya kutubxonalari" tashkil etildi.
Ma'lumki, "2024-yil - Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili deb e'lon qilindi.
Mazkur yilda adliya organlari tomonidan amalga oshiriladigan ishlar belgilab olinib, birinchi navbatda yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan ishlarni tashkil etishga alohida e'tibor qaratilmoqda.
Shunga ko'ra, Namangan viloyatidagi barcha tuman (shahar) adliya bo'limlari tomonidan mahalla fuqarolar yig'inlari binolarida yoshlarni huquqiy savodxonligi, ongi va qonunga itoatkorlik hissini oshirish maqsadida "Adliya kutubxonalari" tashkil etildi.
Kutubxonalar kodekslar va turli huquqiy adabiyotlar bilan ta'minlandi.