Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

AKT mutaxassisining muojaati ijobiy hal etildi.


Namangan viloyat adliya boshqarmasi tomonidan To‘raqo‘rg‘on tumani, Chust Ko‘prik mahallasida yashovchi fuqaro R.Ening ish joyidan AKT mutaxassislari uchun to‘lanishi lozim bo‘lgan lavozim maoshiga ustama to‘lab berilmayotganligidan noroziligi toʻgʻrisidagi murojaati oʻrganib chiqildi.
Aniqlanishicha, viloyat Qon quyish markazi bosh vrachining 2023-yil  5-maydagi
 56-sonli buyrug‘i bilan fuqaro o‘rindoshlik asosida 0,5 stavkaga AKT mutaxassisi lavozimiga ishga qabul qilingan, 5 avgustdan 97-sonli buyruqga asosan 1 tavka asosiy AKT mutaxassisi lavozimiga o‘tkazilgan.
Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil   19-fevraldagi Farmonining 7-bandida, 2018-yil 1-iyundan davlat organlari va boshqa byudjet tashkilotlarining zamonaviy axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini joriy qilish va rivojlantirishga mas’ul bo‘lgan xodimlariga beriladigan har oylik ustama miqdori davlat byudjetidan, davlat byudjetidan ajratilmagan bo‘lsa, ushbu tashkilotlarning byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan xodim lavozim maoshidan 100 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda belgilanishi ko‘rsatilgan.
Biroq, o‘rganishda jarayonida ish beruvchi tomonidan AKT mutaxassisiga Farmonda ko‘rsatilgan lavozim maoshidan 100 foizdan kam bo‘lmagan miqdorda ustama to‘lanmaganligi aniqlandi.
Viloyat qon quyish markazi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, AKT mutaxassisiga to‘lanmagan ustama miqdori 2023-yil  1-noyabr holatiga 5 990 795 so‘mni tashkil qilgan.
Aniqlangan holat bo’yicha adliya boshqarmasi tomonidan Namangan viloyat Qon quyish markaziga taqdimnoma kiritildi hamda viloyat qon quyish markazi AKT mutaxassisiga to‘lanishi lozim bo‘lgan lavozim maoshiga ustamani belgilangan tartibda toʻlanishi ta’minlandi.

Islomjon To‘lqinboyev,
Namangan viloyat adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi