Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va metodik ta’minlash sho‘basi tomonidan 2023-yil davomida davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma'lumot


1. Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish sohasida.

Sho‘ba tomonidan 69 ta idorada davlat boshqaruvining samaradorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti o‘rganish yuzasidan 10 ta o‘rganish hamda 51 ta monitoring o‘tkazildi.

O‘tkazilgan o‘rganish va monitoringlar davomida jami 1932 ta kamchilik va qonunbuzilishi holatlari aniqlandi.

Aniqlangan qonunbuzilishi holatlari tashkilotlar kesimida quyidagicha:

-         soliq organlarida 1082 ta;

-         SEO va JSBda 191 ta;

-         kadastr organlarida 47 ta;

-         mahalliy davlat hokimiyati organlarida 38 ta;

-         ta’lim muassasalarida 34 ta;

-         sog‘liqni saqlash muassasalarida 31 ta;

-         qurilish idoralarida 7 ta;

-         boshqa tashkilotlarda 502 ta.

Aniqlangan qonunbuzilishi holatlarini bartaraf etish yuzasidan quyidagi ta’sir choralari qo‘llanilgan:

- 38 ta taqdimnoma;

- 1 ta ma’muriy taklif (ma’muriy bayonnoma);

- 24 ta ogohnoma;

- 8 ta da’vo ariza (iqtisodiyga 12 ta, fuqarolikka 4 ta, ma’muriyga 9 ta);

- 2 ta huquqiy baho berish yuzasidan prokuratura organlariga taklif.

Taqdimnomalarga asosan:

- 93 ta hujjat bekor qilindi;

- 5 ta hujjat qisman bekor qilindi

- 114 ta hujjatga o‘zgartirish kiritilib, qonunchilikka muvofiqlashtirildi;

- 2 ta noqonuniy xatti-harakatlar to‘xtatildi;

- 11 594 600 so‘m pul mablag‘i qaytarildi.

- 8 nafar mansabdor shaxsga nisbatan intizomiy jazo chorasi, shundan 1 nafariga jarima intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi.

Da’vo arizalariga asosan:

- 9 ta hujjat haqiqiy emas deb topildi;

- 1 ta hujjat qisman haqiqiy emas deb topildi;

- 1 ta xatti-harakat qonunga xilof deb topildi;

- 12 937 678 600 so‘m pul mablag‘larini undirish belgilandi.

2. Qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish sohasida.

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 19-iyuldagi
161-um-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda ularni baholash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan, sho‘ba tomonidan o‘tgan davr mobaynida jami 13 ta takliflar ko‘rib chiqish uchun “smart office” elektron tizimiga kiritildi.

3. Murojaatlarni ko‘rib chiqish sohasida.

Sho‘baga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 184 ta murojaatlar
(81 ta shikoyat va 104 ta ariza) kelib tushdi.

Kelib tushgan murojaatlarning 155 tasi (84,2%) ko‘rib chiqilib, shundan,
53 tasi (34,2%) qanoatlantirilgan va 102 tasiga (65,8%) huquqiy tushuntirish berilgan.

6 ta (3,2 %) murojaat hal etish uchun tuman adliya bo‘limiga yuborilgan.

15 ta (8,1 %) murojaat tegishligiga ko‘ra ko‘rib chiqish uchun vakolatli idoralarga yuborilgan.

8 ta (4,3 %) murojaatni ko‘rib chiqish tugatilgan.

1 ta (0,5 %) murojaat sho‘ba tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

4. Norma ijodkorligi (huquqiy ekspertiza)

Normativ-huquqiy tusdagi qaror loyihalari bo‘yicha:

Adliya boshqarmasiga viloyat hokimi va Xalq deputatlari viloyat Kengashining jami 16 ta normativ-huquqiy tusdagi qarori loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun kelib tushgan bo‘lib, shundan, barcha qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi. Rad etilgan (qayta ishlash uchun ijrochiga qaytarilgan) holatlar mavjud emas.

Huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan 16 ta qaror loyihasidan 10 tasi viloyat hokimining, 6 tasi viloyat Kengashining qarorlari loyihasi hisoblanadi.

Huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan 16 ta qaror loyihasidan 12 tasiga ijobiy xulosa, 4 tasiga salbiy xulosa berildi.

Yer munosabatiga oid qaror loyihalari bo‘yicha:

Adliya boshqarmasiga viloyat hokimining jami 95 ta yer munosabatlariga oid qarorlari loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun kelib tushgan bo‘lib, shundan 89 ta qaror loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lsa, 6 ta qaror loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmasdan qaytarilgan.

Huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan 89 ta qaror loyihasidan 66 tasiga ijobiy xulosa, 23 tasiga salbiy xulosa berildi.

Huquqni qo‘llash amaliyotini
o‘rganish bo‘limi