Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

09

Namangan viloyat adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish shoʻbasining 2023-yildagi faoliyati bo‘yicha ma’lumot


Namangan viloyat adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish shoʻbasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari, erkinliklari, qonuniy manfaatlarini himoya qilish, xalq bilan muloqotini yo‘lga qo‘yish, murojaatlar bilan ishlashini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan,

1. Oʻtkazilgan tekshirishlar yuzasidan.

Sho‘ba tomonidan 2023-yil davomida 33 ta davlat organi va tashkilotlarida 21 ta oʻrganishlar va 6 ta monitoring oʻtkazilgan boʻlib, oʻrganishlar davomida jami 7 184 ta kamchilik va qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻyilganligi aniqlandi.

2. Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarini koʻrib chiqilishi yuzasidan.

Boshqarmaga inson huquqlarini himoya qilish sohasida 2023-yil davomida jami 976 ta ariza va shikoyat, 1 ta taklif kelib tushgan bo‘lib (yana 5 ta murojaat qoldiq 2022-yildan), shundan 963 tasi ko‘rib chiqilishi ta’minlangan, hozirda 13 ta murojaat ko‘rib chiqilmoqda.

Murojaatlarning 380 tasi sho‘ba tomonidan hal etilgan, shundan 192 ta (51%) murojaat qanoatlantirilgan, 188 ta (49) murojaatga huquqiy maslahat va tushuntirishlar berilgan.

Shu bilan birga, 10 ta murojaat ko‘rmasdan qoldirilgan,
338 ta murojaat hal etish uchun adliya bo‘limlariga yuborilgan, 240 ta murojaat esa taalluqliligi bo‘yicha tegishli davlat organlari va idoralarga yo‘naltirilgan.

Murojaatlarni o‘rganish natijasiga ko‘ra, 15 ta hujjat bekor qilingan yoki yangi qabul qilingan.

Shuningdek, o‘tkazilgan o‘rganish va jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini o‘rganish yakunlari bo‘yicha jami 53 ta turli idora va tashkilotlarga taqdimnoma, 28 nafar aybdor shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan vakolatli organlarga taklif (bayonnoma), 3 ta ogohnoma hamda sudlarga 15 ta daʼvo arizalari kiritilgan.

Qoʻllanilgan taʼsir choralari natijasida 26 nafar mansabdor shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortilib, 28 nafar shaxslarga nisbatan intizomiy javobgarlik choralari qoʻllanilgan boʻlsa, kiritilgan taqdimnomalarga asosan 1 086 518 230 soʻmlik hamda da’vo arizalarga asosan 324 339 000 so‘mlik fuqarolarga toʻlanishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari undirilishi taʼminlandi.

Sohalar bo‘yicha:

Kelib tushayotgan murojaatlarning aksariyati sud-huquq sohasidagi muammolar, mansabdor shaxslarning xatti-harakatlari va turli sohalarda fuqarolarning huquq va qonuniy manfaatlarini buzish yuz berayotganligi to‘g‘risida yozilgan murojaatlardan iboratdir.

Jumladan, sho‘baga qo‘yidagi soha va yo‘nalishlar bo‘yicha murojaatlar kelib tushdi:

- Mehnat nizolari yuzasidan 89 ta (9,1%), shundan:

oylik ish haqi masalasida 42 ta;

- Ta’lim sohasi xodimlarining xatti-harakatlari va sohadagi qonunbuzilish holatlari bo‘yicha 13 ta (1,3%);

- Ijtimoiy himoyaga oid qonunlar bo‘yicha 105 ta (10,7%);

- Uy-joyga oid qonunlar yuzasidan 56 ta (5,7%);

- Kommunal to‘lovlar bo‘yicha 11 ta (1,1%);

- Soliq sohasiga oid qonun hujjatlari yuzasidan 6 ta (0,6%);

- Yerga oid qonun hujjatlari yuzasidan 15 ta (1,5%);

- Banklar faoliyatiga oid qunun hujjatlari yuzasidan 9 ta (0,9%);

- Davlat xizmatlarini ko‘tsatish sohasida 1 ta (0,1%);

- Sud qarorlari yuzasidan 13 ta (1,3%);

- Prokuratura organlari faoliyatiga doir 9 ta (0,9%);

- Ichki ishlar organlari faoliyatiga oid 32 ta (3,2%);

- Adliya organlari xodimlari xatti-harakatidan yuzasidan 1 ta (0,1%);

- Qonun hujjatlariga tushuntirish berishni so‘rab 58 ta (5,9%);

- Boshqa masalalarda 558 ta (57%);

 

Namangan viloyat adliya boshqarmasi
Inson huquqlarini himoya qilish shoʻbasi