Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

2023-yil hayotingizda qanday iz qoldirdi?


Xosiyatli yil bo‘ldi.

Mana yana bir yil o‘z yakuniga yetmoqda va bu yakuniga yetayotgan yilni sarhisob qilsam, 2023-yil har yilgidanda omadli keldi!

Yangi yutuqlar va quvonchli yangiliklarga hamda tasodiflarga boy bo‘ldi. Eng asosiysi ko‘p yillik orzularim ro‘yobi ushaldi.

Oilamizga jajjigina yangi a’zo bo‘lib nabiran Nursaid tug‘ildi. Nabiramning qadami qutlug‘ kelib farzandlm chet eldagi oliygohni tamomlab, o‘z xalqiga xizmat ko‘rsatish maqsadida stomatologiya klinikasi faoliyatini boshladi.

Yil davomida ish jarayonida ham bir qator amaliy ishlar qilishga erishdim. Xususan, tumanning mahallalarini uyma-uy o‘rganish jaryonida o‘z vaqtida qayd qilinmagan 60 nafarga yaqin fuqarolarga tug‘ilganlik guvohomalarini rasmiylashtirib berilishiga yordam berdim.

Tumandagi ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan suhbatlashib, ularga oila muqaddasligi to‘g‘risida tushuntirishlar berish natijasida bunday toifadagi 7 ta oilani saqlashga erishdim. Olib borgan arzimas ishlarimni natijasida, 2023-yilning avgust oyi uchun “Oyning eng yaxshi xodimi” sifatida munosabat bilan 2023-yilning noyabr oyi uchun “Oyning eng yaxshi xodimi” sifatida e’rirof etildim. Yilni sarxisob qilar ekanman, agarda insonda niyat pok va shukronalik tuyg‘usi bo‘lsa hamda fidoiylik bo‘lsa oila tinch bo‘lib, o‘ylagan barcha orzularga erishilar ekan.

Mana yana bir quvonchli yangilik qilib ko‘p yillik orzuyim ro‘yobi bo‘lgan muqaddas Umra ziyoratiga ham nasib qilibdi. Farzandlarim kutilmagan sovg‘a qilib ziyoratga yuborishdi. Bir ayol sifatida, bir jamiyatda o‘z ornini topgan fuqaro sifarida va qolaversa bir ona sifatida men baxtliman.

Shu tariqa 2023-yil hayotimda unitilmas iz qoldirdi.

Ataxanova Zulayxo Nosirjonovna
Yangi Namangan tumani FHDY bo‘limi mudiri