Янгиликлар
Birgina murojaat bilan ko’rsatiladigan besh xizmat
Farzand insonning ishongan tog’i, tayanchi, orzu umidi, baxti va hayotining davomchisidir. Shunday ekan, har bir oilada farzandning tug’ilishi ulkan quvonch va baxtni olib keladi. O’z navbatida chaqaloqqa ism tanlash, unga tug’ilganlik haqidagi guvohnomani olish kabi shirin tashvishlar ham o’z yechimini kutib turadi.
Fuqarolarni turnaqator navbatda turishini, ortiqcha qog’ozvozlikni hamda ovvoragarchilikni oldini olish uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan 2023-yil 20-oktabr kuni 550-sonli Qarorga muvofiq “Tug’ilganlikni qayd etish bilan bog’liq kompleks davlat xizmatlarini ko’rsatishning ma’muriy reglamenti” qabul qilindi.
Unga muvofiq tug’ilgan bolaning ota-onasi yoki ular vakolat bergan shaxsning birgina arizasiga muvofiq besh turdagi davlat xizmati ko’rsatiladi, ya’ni tug’ilganlik haqidagi tibbiy ma’lumotnomani olish, tug’ilganlikni qayd etish, poliklinikaga hisobga qo’yish, bolani doimiy yashash joy bo’yicha ro’yxatga qo’yish hamda maktabgacha ta’lim tashkilotiga navbatga qo’yish bo’yicha kompleks davlat xizmatini ko’rsatiladi.
Ba harakat qanday amalga oshiriladi?
Dastlab, bola tug’ilganidan so’ng 1 kun mobaynida tibbiyot muassasasi xodimi tomonidan bola va unga beriladigan familiya, ism va ota ismi, ota-ona va ularning nikohi, bola ro’yxatga qo’yiladigan poliklinika va ichki ishlar bo’limi, navbatga qo’yiladigan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti haqidagi ma’lumotlarni «Tug’ilish va o’limni, shu jumladan perinatal o’limni elektron ro’yxatga olish» axborot tizimiga kiritadi hamda ushbu tizim orqali FHDYo bo’limiga yuboradi.
FHDY bo’limi esa bir ish kuni mobaynoda bola, ota-ona va ularning nikohi haqidagi ma’lumotlarni qonunchilik hujjatlariga asosan tekshirib, «FHDYning yagona elektron arxivi» axborot tizimida tug’ilganlik haqidagi dalolatnoma yozuvini qayd etadi va QR-kod (matrik shtrixli kod) qo’yilgan tug’ilganlik haqidagi mahlumotnomani tibbiyot muassasasiga yuboradi.
Bir vaqtning o’zida FHDY xodimi bolaga oid ma’lumotlarni kompleks tartibda boshqa xizmatlarni ko’rsatish uchun Ichki ishlar vazirligi, O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab tahlimi vazirligi, Sog’liqni saqlash vazirligi hamda Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi axborot tizimlariga yuboradi.
Ma’lumotnoma tibbiyot muassasasiga FHDY organi tomonidan kelib tushgandan so’ng darhol QR-kod (matrik shtrixli kod) qo’yilgan tug’ilganlik haqidagi ma’lumotnomani ariza beruvchilarga chop etib beradi.
FHDY ariza beruvchilarning istalgan vaqtdagi talabiga asosan tug’ilganlik haqidagi gerbli guvohnomani eksterritorial tamoyil asosida rasmiylashtirib beradi.
Bolaning otasi yoki onasi shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni ko’rsatgan holda, bola tug’ilgandan boshlab 6 oy muddat ichida bir martalik nafaqa pulini olish uchun Xalq bankining istalgan filialiga murojaat qilib olishi mumkin bo’ladi.
Namangan shahar FHDY bo’limining
birinchi toifali inspektori
M.M.Ubaydullayeva