Янгиликлар
Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz
Namangan viloyati bojxona boshqarmasida “Korrupsiyaga qarshi kurashish“ oyligi doirasida “9-dekabr-xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan “Korrupsiyaga qarshi birga kurashamiz” mavzusida
“Ochiq eshiklar kuni” tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirda fuqarolar, viloyatda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Namangan viloyati Adliya boshqarmasi xodimi A.Fayzullayev oʻzining “Korrupsiya - rivojlanishimizga toʻsiq” mavzusida maʼruza qildi.
Namangan viloyati bojxona boshqarmasi “Masofaviy elektron deklaratsiyalash” bojxona posti boshligʻi A.Muxiddinov bojxona tizimida shaffoflik zamirada olib borilayotgan isloxotlar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga bojxona boshqarmasi masʼul xodimlari javob berildi. Ishtirokchilar bilan anonim soʻrovnomalar oʻtkazildi.