Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

05

Fuqarolarning konstitutsiyaviy burchlari


Bu yil O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganiga 31 yil to‘ladi. Davlat shakllanishi bilan o‘z navbatida undagi ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish o‘rnatilgan huquqiy normalar asosida amalga oshiriladi. Boshqa barcha huquqiy demokratik davlatlar singari O‘zbekiston Respublikasi Konstitutisyasi – Asosiy qonun sifatida, barcha qonunlarning, huquqiy tizimning o‘zagi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev Konstitutisiyamizning 25 yilligiga bag’ishlangan ma’ruzasida shunday dedi: “Konstitutsiya va qonun ustuvorligi hamda qonuniylik tamoyillarining so‘zsiz ta’minlanishi inson huquq va erkinliklarini himoya qilishning muhim kafolatidir. Shu nuqtayi nazardan, Konstitutsiya hamda qonun talablariga og‘ishmay amal qilish ma’naviy saviyamiz, madaniyatimizning asosiy mezoniga aylanishi shart.”

Darhaqiqat, davlat va ijtimoiy hayotni tashkil qilishda Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligini ta’minlash asosiy mezon sifatida qaralishi va bu orqali inson huquq va erkinliklari to‘liq himoya qilingan, mustahkam fuqarolik jamiyati barpo etilishi muhim vazifa hisoblanadi.

Konstitutsiyamizda inson huquqlari va erkinliklari bilan bir qatorda fuqarolarning jamiyat va davlat tomonidan belgilangan va huquqiy normalarda o‘z aksini topgan bajarilishi majburiy bo‘lgan burchlari ham bayon etilgan.

Konstitutsiyamizda fuqarolar tomonidan bajarilish zaruriyatini o‘zida aks ettirgan talablarni ifodalashda aynan burch tushunchasidan foydalanilgan bo‘lib, buning ham o‘ziga sabablari mavjud. Burchlar shaxs tug‘ilganidan to umrining oxirigacha davom etib, davlat va jamiyat tomonidan belgilangan normalarni bajarilishi talab etiladi, bajarilmagan taqdirda huquqiy ta’sir choralari qo‘llaniladi.

Misol uchun: Konstitutsiyaning 62-moddasida “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar.”-deb belgilangan. Ushbu normadan kelib chiqqan holda qabul qilingan “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi Qonunning 12-moddasida O‘zbekiston Respublikasi aholisi tabiiy resurslardan oqilona foydalanishi, tabiat boyliklariga ehtiyotlik bilan munosabatda bo‘lishi, ekologiya talablariga rioya etishi shart ekanligi belgilangan. O‘z navbatida davlat va jamiyat tomonidan belgilangan burchlar fuqarolar tomonidan bajarilmagan taqdirda qo‘llaniladigan huquqiy ta’sir choralari o‘rnatilgan bo‘lib, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning VII bobi alohida ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun ma’muriy javobgarlik masalalariga bag‘ishlangan.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, burch O‘zbekiston davlati tomonidan belgilanib, Konstitutiyada mustahkamlangan har bir fuqaro bajarishi shart bo‘lgan, bajarmaslik esa javobgarlikka olib keladigan hatti-harakatlar va yashash tarzi qoidalaridan iborat. Burch ijtimoiy zaruriyat bo‘lib, ularning bajarilishi butun jamiyat uchun zarur hisoblanadi.

Baxtinur Xasanov
Davlatobod tumani yuridik xizmat
ko‘rsatish markazi boshlig‘i