Янгиликлар
“Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” shiori ostida "Boshqarma boshlig‘i kubogi" o‘tkazildi.
Avval xabar berganimizdek, Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i tomonidan tasdiqlangan "Namangan viloyati adliya boshqarmasi tomonidan 2023-yilda amalga oshirilishi belgilangan Dastur"ning 7-bandiga asosan, joriy yilning 1-2-dekabr kunlari "Barkamol avlod" sport majmuasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31-yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” shiori ostida MINI FUTBOL bo‘yicha "Boshqarma boshlig‘i kubogi" o‘tkazildi.
Murosasiz o‘tgan mazkur sport musobaqasida tuman (shahar) adliya bo‘limlari, Yuridik texnikumi hamda Adliya boshqarmasi xodimlaridan tashkil topgan 16 ta jamoalar o‘zaro bellashib, g‘olib bo‘lgan jamoa ishtirokchilari boshqarma boshlig‘ining qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Namangan viloyat adliya boshqarmasi