Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

01

Namangan viloyatida “Konstitutsiya – huquqlarim poydevori” mavzusidagi insholar tanlovining Namangan viloyati bosqichi o‘tkazildi. (g‘oliblar aniqlandi)


 Avval xabar berganimizdek (https://t.me/namanganadliya/21495) O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan“Konstitutsiya – huquqlarim poydevori” mavzusida insholar tanlovining tuman (shahar) bosqichi yakunlanib, viloyat bosqichi g‘oliblari aniqlandi. 
 
Tanlovning tuman (shahar) bosqichi umumta'lim, kasb-hunar maktablari, akademik litsey va texnikum o'quvchilari o‘rtasida tashkil etilib, jami 17 800 nafar o‘quvchilar ishtirok etishdi. 
 
Insholar o'zbek (lotin alifbosiga asoslangan), qoraqalpoq va rus tillarida o‘tkazildi. 
 
Tanlov shartlariga ko‘ra, tuman (shahar) bosqichida 1-2-3-o‘rinlarni qo‘lga kiritgan 42 nafar ishtirokchilarning ijodiy ishlari viloyat bosqichida hakamlar hay'ati tomonidan baholanib 3 nafar ishtirokchi (To‘raqo‘rg‘on tumanidagi 1-IDUM 11-sinf o‘quvchisi Alijonova Noila, Chust tumanidagi 52-IDUM 11-sinf o‘quvchisi Hoshimova Ruxshona, Kosonsoy tumanidagi 8-sonli umumta'lim maktabi 9-sinf o‘quvchisi Abduqayumova Zarifa) final bosqichida ishtirok etish uchun munosib deb topildi.

Eslatib o‘tamiz, Respublika bosqichi 4 dekabr kuni soat 15:00 da boshlanadi. Bunda nomzodlar adliya boshqarmasidan videokonfrentsaloqa orqali ishtirok etadi va berilgan mavzu yuzasidan insho yozadi. 
Respublika bosqichining insho mavzusi ishtirokchilarga oʼsha vaqtda eʼlon qilinadi.
 
G'oliblar 8 dekabr – Konstitutsiya bayrami arafasida diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi