Янгиликлар
Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz
Bugun Namangan muhandislik-qurilish institutida “Korrupsiyaga qarshi birgalikda kurashamiz” mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi.
Seminarda korrupsiya bilan bog‘liq bo‘lgan jinoyatlar va ularning sohalar kesimida tahlillari, bu borada olib borilayotgan sa’y-harakatlar to‘g‘risida axborot berildi.
Shuningdek, Namangan viloyati adliya boshqarmasi xodimi tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha qabul qilinayotgan huquqiy hujjatlar, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni bartaraf etish mexanizmlarini takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida batafsil ma’lumotlar berildi.
Namangan viloyati adliya boshqarmasi