Янгиликлар
“Targʻibot poyezdi” loyihasi ishtirokchilari Namangan muhandislik-texnologiya institutida.
Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda: “Targʻibot poyezdi” loyihasi ishtirokchilari tomonidan Namangan muhandislik-texnologiya institutida ta'lim muassasasining talabalari va tyutorlari uchun “Konstitutsiya – xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” shiori ostida targʻibot tadbiri oʻtkazildi.
Tadbir davomida yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirilib, qiziqarli viktorinalar o‘tkazilib, ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Shuningdek, Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati aks ettirilgan flayerlar hamda Yangi tahrirdagi Konstitutsiya kitoblari tarqatildi.
Namangan viloyat adliya boshqarmasi