Янгиликлар
Xalqaro eʼtirof: Adliya vazirligi davlat boshqaruvi sohasida eng namunali vazirlik
Bugun 22-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasida ilk marotaba Birlashgan Arab Amirliklari hukumati bilan hamkorlikda oʻtkazilgan “Oʻzbekiston davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash” dasturi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi.
Maʼlvmot uchyn: BAA hukumati tomonidan milliy rivojlanish dasturi, sohaviy strategiyalarning ijrosini taʼminlashda yuqori koʻrsatkichlarni qayd etgan davlat organlari va davlat xizmatchilarini munosib taqdirlash maqsadida 2009-yildan buyon “Davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash” dasturi har ikki yilda bir marta amalga oshirib kelinmoqda.
Mamlakatimizda ham BAA Bosh vaziri ofisi bilan hamkorlikda joriy yilda birinchi marta “Oʻzbekiston davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash” dasturi amalga oshirildi.
Dastyrda 17 ta vazirlik va 70 nafardan ortiq vazirlik xodimlari 8 ta nominatsiya (3 ta institutsional va 5 ta individual) boʻyicha ishtirok etdi.
Baholash natijalariga koʻra Adliya vazirligi:
"Namunali vazirlik" nominatsiyasida 1-oʻrinni;
"Funksiya, xizmat va innovatsiyalarni amalga oshirish"nominatsiyasida 1-oʻrinni;
"Integratsiyalashgan mexanizmlar sohasidagi namunali vazirlik" nominatsiyasida 1- oʻrinni egalladi.
Shuningdek, "namunali vazir oʻrinbosari" nominatsiyasida adliya vaziri oʻrinbosari Sherzod Rabiyev 1-oʻringa munosib koʻrildi.
Bundan tashqari, Adliya vazirligining boʻlim boshligʻi Otabek Haqberdiyev "namunali ixtisoslashgan xodim" nominatsiyasining sovrindori boʻldi.
Ushbu yuksak va sharafli xalqaro eʼtirof Adliya vazirligining 10 mingga yaqin xodimlari faoliyat yurituvchi jamoasining mashaqqatli va sharafli mehnati natijasi hisoblanadi. Adliya organlari xalq xizmatida sidqidildan faoliyat yuritishda davom etadi.