Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

17

Diqqat tanlov


Namangan viloyatida “Konstitutsiya – huquqlarim poydevori” mavzusida insholar tanloviga start berildi 
 
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 31 yilligi munosabati bilan Adliya vazirligi tomonidan tashkil etilayotgan“Konstitutsiya – huquqlarim poydevori” mavzusida insholar tanlovining tuman(shahar) bosqichi boshlandi. 
Tanlovda umumta'lim, kasb-hunar maktablari, akademik litsey va texnikum o'quvchilari ishtirok etishlari mumkin. 
 
Insholar o'zbek (lotin alifbosiga asoslangan), qoraqalpoq va rus tillarida qabul qilinadi. 
 
Tanlov 3 bosqichda tashkil etilib, uni o'tkazish tartibi va shartlari bilan batafsil bu yerda tanishishingiz mumkin (https://telegra.ph/Tanlovni-otkazish-bosqichlari-va-shartlari-11-15)
 
G'oliblar 8 dekabr – Konstitutsiya bayrami arafasida diplom va qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlanadi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi