Янгиликлар
Hududlar boʻylab turimizning 2 sikliga start berdik.
Bu safar hududiy adliya organlari xodimlarining “Ommaviy axborot vositalarida va ijtimoiy tarmoqlarda muloqotning zamonaviy usullari (inqirozni boshqarish)” masalalariga eʼtibor qaratilmoqda. 14—16-noyabr kunlari Namangan, Andijon, Fargʻona viloyatlari asosiy manzilimiz. Dastlab Namanganda boʻldik.
Bu yerdagi hamkasblarimiz bilan muloqot qildik.
-Jamoatchilik bilan muloqot nima uchun kerak,
-Internetda mavjudlik va kommunikatsiya, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarni yuritish
-Maqsadli auditoriya bilan ishlash
-Elektron OAV va ijtimoiy tarmoqlar uchun matnlar.
kabi mavzularda gaplashdik,fikr almashdik. Oʻquv mashgʻuloti tarzida tashkil etilgan uchrashuvda ulardan qiziqarli takliflar ham eshitdik.
Avvalgi turimizdan bu galgisini farqi oldinlari faqat huquqiy targʻibot va jamoatchilik bilan aloqalar yoʻnalishiga masʼul boʻlgan xodimlar bilan koʻproq ishlagan boʻlsak,bu safar har bir viloyatning butun jamoasi, adliya boʻlimlari xodimlari,FHDYO, DXM, yuridik xizmat koʻrsatish markazlari masʼullari bilan bir vaqtda ham oflayn, ham onlayn tarzda (zumda) muloqot tashkil etildi. Masala dolzarb.Tizim imiji uchun barcha birdek baravar masʼul. Bu esa jamoaviy ish.
Bugungi muloqotda oʻz vaqtini ayamay ishtirok etgan namanganlik mahoratli jurnalist Umida Kushokova opaga katta rahmat.Amaliy misollar yordamida keltirilgan keyslar tahlili natija beradi degan umiddamiz.