Янгиликлар
11
Namangan viloyati adliya boshqarmasida tuman (shahar) fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bo’limi xodimlari uchun navbatdagi seminar tashkil etildi.
Unda, rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorini mazmun-mohiyati yuzasidan o’zar fikr-mulohaza almashdilar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xorijiy rasmiy hujjatlarni legallashtirish talabini bekor qiluvchi konvensiya (Gaaga, 1961-yil 5-oktabr) qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2011-yil 5-iyuldagi PQ-1566-son qaroriga muvofiq rasmiy hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan edi.
Qarorga muvofiq, 2022-yil 1-martdan boshlab jismoniy va yuridik shaxslarga vakolatli davlat organlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasi hududida tuzilgan rasmiy hujjatlarga elektron tarzda “Apostille” maxsus shtampini (apostil) qo‘yish bo‘yicha davlat xizmatini davlat xizmatlari markazlari va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali ko‘rsatish tartibi joriy etilgan.
Seminar davomida, apostil qo’yish bo’yicha davlat xizmatlarini ko’rsatishda qonuniylikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratish lozimligi tushuntirildi.
Namangan viloyat adliya boshqarmasi