Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Muqaddasdir vatan bayrog‘i, Shuhrating porlasin toki bor jahon.


Namangan viloyati adliya boshqarmasi tomonidan joriy yilning 13-noyabr kuni Namangan viloyati yuridik texnikumida Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan "Muqaddasdir vatan bayrog‘i" shiori ostida madaniy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda  ishtirokchilarga "O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i to‘g‘risida"gi qonunining qabul qilish zarurati, Davlat bayrog‘i va uning ramzi tarix bilan nechog‘lik chambarchas bog‘liqligi hamda O‘zbekiston Respublikasining milliy-madaniy an'analarini o‘zida mujassamlashtirganligi shuningdek, uning tuzilishi haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar Davlat bayrog‘ini tasdiqlashning tarixiy jarayonlari yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga atroflicha javob oldilar.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi

Kanalga ulanish https://t.me/namanganadliya