Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

13

Namangan davlat universiteti talabalari uchun Konstitutsiya va Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi yuzasidan seminar o‘tkazildi


Namangan davlat universiteti talabalari uchun Konstitutsiya va Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasi yuzasidan seminar o‘tkazildi

Namangan viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Namangan davlat universiteti talabalari ishtirokida "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan seminar o‘tkazildi.

Tadbirda Adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi A.Fayzullayev tomonidan “Saylov o‘tkazish tartibi yanada takomillashtirilishining muhim jihatlari” tushuntirib o‘tildi.

Shuningdek, tadbir so‘ngida talaba yoshlar uchun onlayn firibgarlik va uning shakllari yuzasidan amaliy (ko‘rgazmali) tarzda tushuntirishlar berildi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi