Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

10

Tuman (shahar) adliya bo’limlari “Qizil toifa”ga kiritilgan hududlarda sayyor qabul o’tkazdi.


Namangan viloyati adliya boshqarmasi tashabbusi bilan har haftaning payshanba kuni o’tkazilayotgan adliya bo’limlarining “Sayyor qabul”lari bu gal jinoyatchilik soni ortib, “Qizil toifaga” kiritilgan hududlarida tashkil etildi. Adliya bo’limining xodimlari tomonidan dastlab, jinoyatlarning oldini olish va aholi huquqiy madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi. 

Targ‘ibot tadbirlari davomida mahalla hududida sodir etilgan jinoyatlar va ularning sabablari muhokama qilindi, shuningdek, aholining murojaatlari eshitildi.

Jumladan,  Kosonsoy tumani adliya bo’limi tomonidan “Bo’ston” mahalla fuqarolar yig’inini aholisi bilan muloqot qilindi. Dastlab, Жиноятчилик oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida suhbat olib borildi. Shuningdek, nogironligi bor fuqarolarga qonunchilikdagi imtiyozlar yuzasidan tushunirishlar berib o’tildi.

Shu kuni 10 nafar fuqaroning murojaatiga yechim izlangan bo’lsa, 2 ta ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar bilan profilaktik suhbat o’tkaizldi.

Mingbuloq tumanining “Damko’l” mahallasi jinoyatchilik o’tgan yilgiga qaraganda ortgani bois qizil toifaga kiritilgan. Mazkur mahalla aholisini ogohlikka chorlash, jinoyat sodir etishning oqibatlari haqida, shu bilan birga jinoyatdan holi hududga aylatirish uchun nimalarga alohida e’tibor qaratish lozimligi yuzasidan suhbat olib borildi. 

Fuqarolarning turli sohadagi murojaatlari tinglanib, huquqiy tushuntirishlar berildi.

https://t.me/namanganadliya/21281

Namangan viloyat adliya boshqarmasi