Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

04

“Yashil makon” umummilliy loyihasi amalda


Maʼlumki, joriy yilning 2-noyabr kuni davlatimiz rahbari tomonidan oʻtkazilgan videoselektor yigʻilishida “Yashil makon” umummilliy loyihasini amalga oshirish, mazkur loyiha doirasida yiliga 200 mln. tup daraxt va buta koʻchatlarini ekish belgilangan edi.

Shunga koʻra, bugun Namangan viloyat adliya boshqarmasi va tizimdagi idoralar tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida binolari atrofiga turli xil manzarali va mevali daraxtlar ekildi.

Mazkur tadbirlarda barcha xodimlar faol ishtirok etib, ushbu hayrli ishlarga oʻzalarining munosib xissalari qoʻshdilar.
Albatta, mazkur hayrli ishlar shu bilan yakuniga yetmaydi. Barcha adliya xodimlari bu ishlarni davom ettirib, viloyatimiz koʻchalarini “yashil makon”ga aylantirishga astoydil bel bogʻlaganlar.

https://t.me/namanganadliya/21184





Namangan viloyat adliya boshqarmasi