Янгиликлар
03
Namangan davlat universiteti talabalari uchun seminar o‘tkazildi
Namangan viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Namangan davlat universiteti talabalari ishtirokida "O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga saylov va referendum
o‘tkazish tartibini yanada takomillashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy Qonuni loyihasining mazmun-mohiyatini tushuntirishga qaratilgan seminar o‘tkazildi.Tadbirda Adliya boshqarmasi bosh maslahatchisi A.Fayzullayev tomonidan “Saylov o‘tkazish tartibi yanada takomillashtirilishining muhim jihatlari” tushuntirib o‘tildi.
Shuningdek, tadbir so‘ngida talaba yoshlar uchun onlayn qumor - uning salbiy oqibatlari, onlayn firibgarlik va uning shakllari yuzasidan amaliy (ko‘rgazmali) tarzda tushuntirishlar berildi.