Янгиликлар
02
Adliya vaziri Namangan viloyatidagi tashrifi davomida Pop tumani adliya bo’limi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Namangan viloyatining Pop tumanidagi o’rganishlarda adliya vaziri Akbar Toshqulov dastlab xodimlarning ish sharoitlari, ish jarayonidagi muammolar hamda davlat xizmatchilariga qulay

Pop tumani fuqarolik holati dalolatnomalarini qayd etish bo’limi, davlat xizmatlari markazi hamda yuridik xizmat ko‘rsatish markazida bevosita fuqarolar bilan ishlash jarayonlarini kuzatdi. Mijozlar va fuqarolar bilan tizimda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan yangiliklar, hayotga tatbiq etilishi shart bo‘lgan takliflar, fikr-mulohazalar bilan qiziqdi.
Shuningdek, oʻrganishlarda koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bilan birga, fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklarni yanada yaxshilash hamda tizimda ishlayotgan kadrlarni fuqarolar bilan muloqot qilishda xushmuomalalik va odob-ahloq meʼyorlariga amal qilish kerakligi taʼkidlandi.