Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

30

Tibbiyot sohasida faoliyat olib borayotgan xodimlar uchun seminar tashkil etildi.


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF–158-son Farmoni hamda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-300-son qarorining ijrosini ta’minlash hamda uning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi va ijrochilarga tushuntirish maqsadida Namangan viloyati adliya boshqarmasi tomonidan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Namangan filialida seminar-trening oʻtkazildi.

Mazkur seminarda, shu yilning 11-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan fikr-mulohaza yuritildi.

Namangan viloyat adliya boshqarmasi