Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Qonuni mazmun-mohiyatiga bagʻishlangan seminar oʻtkazildi.


Seminarda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining oʻrinbosari Ikrom Muslimov, Namangan viloyati hokimi Shavkatjon Abdurazakov, sudyalar, Namangan viloyati hokimligi, davlat xavfsizlik xizmati, viloyat prokuraturasi, ichki ishlar, adliya, bojxona, milliy gvardiya boshqarmalari xodimlari, bosh prokuratura huzuridagi majburiy ijro byurosi, departament vakillari, advokatlar hamda Namangan davlat universitetining yuridik fakulteti talabalari ishtirok etdilar.

Tadbirda Oliy sud raisining oʻrinbosari Ikrom Muslimov joriy yilning 27-sentyabrida davlatimiz rahbari tomonidan imzolangan Qonun bilan amaliyotga kiritilayotgan yangiliklar va ularning ahamiyati xususida batafsil maʼlumot berdi. Xususan, endilikda sudlar tomonidan birinchi instansiyada koʻrilgan ishlarni viloyat va unga tenglashtirilgan sudlarda apellyatsiya yoki kassatsiya tartibida qayta koʻrib chiqish vakolati berilayotgani, apellyatsiya yoki kassatsiya instansiyasining qarori ustidan shikoyat (protest) berish masalasida yangi institut – sud ishlarini taftish tartibida koʻrib chiqish amaliyoti joriy etilayotgani taʼkidlandi.

 

Shuningdek, amaliyotga kiritilayotgan yangilikka asosan taraflarning xohishiga koʻra, sud qarori ustidan oʻn kunlik muddatda apellyatsiya tartibida shikoyat (protest) berilishi, ushbu muddat oʻtgandan soʻng kassatsiya tartibida shikoyat (protest) keltirilishi mumkinligi belgilab qoʻyilayotgani aytib oʻtildi. Mazkur tartib taraflarning sud qarorlari ustidan shikoyat (protest) keltirish huquqi orqali odil sudlovga erishish imkoniyatini kengaytirishga xizmat qilishi alohida taʼkidlandi.

 

Ochiq muloqot tarzida oʻtgan seminarda huquqni muhofaza qiluvchi idora vakillari, advokatlar qonunchilikka kiritilgan oʻzgartirishlar yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Oʻzaro savol-javoblar tarzida kechgan muloqotlarda qonunning amaldagi ijrosini taʼminlash borasidagi masalalar ham muhokama qilindi.

 

2024-yilning 1-yanvaridan kuchga kiradigan mazkur oʻzgarishlar odil sudlov samaradorligini yanada oshirishda, sudlarda fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilinishida muhim ahamiyat kasb etadi.