Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Norin tumanida joylashgan "Qizil" taifadagi "Nurziyo" mahallasida "Sayyor qabul" o‘tkazildi.


Namangan viloyati adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan tuman (shahar) fuqarolari uchun sayyor qabular tashkil etilib, fuqarolarning muammolari tinglanib, koʻp yillardan buyon yechilmayotgan muammo va masalalarni qonuniy hal etishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig’i tomonidan ham fuqarolarga yengilliklar yaratish maqsadida Norin tumani "Nurziyo" mahalla fuqarolar yig’inida “Sayyor qabul” tashkil etildi. Qabul davomida boshqarma boshligʻi tomonidan jami 25 nafar fuqaro qabul qilinib,  ularning 15 ta masaladagi murojaatlari tinglandi.

Kelib tushgan 15 ta murojaatlarning 2 tasi joyida va 9 tasi yuzasidan huquqiy maslahat yoki maʻlumot berish orqali ijobiy hal etildi hamda oʻsha joyning oʻzida yechimi topilmagan 4 ta murojaatlar sayyor qabul bayonnomalariga qayd etilib, tegishli tartibda koʻrib chiqish uchun ish yurituviga olindi.

Shuningdek, qabul ishtirokchilariga qabul qilingan qonunlar va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati, shuningdek mahalla hududida jinoyatchilikning oldini olish yuzasidan tushuntirishlar berildi.

Namangan viloyati adliya boshqarmasi