Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

26

Viloyat adliya boshqarmasida “O‘zbekiston - 2030” strategiyasi bo‘yicha ma’naviyat soati o’tkazildi.


Tadbirda Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig’ining birichi o’rinbosari U.Ismatillayev hamda boshqarmaning bosh maslahatchisi A.Fayzullayev tomonidan Taraqqiyot strategiyasining yo‘nalishlari, maqsad va vazifalari haqida ma’lumot berilib, mazkur hujjat “Harakatlar strategiyasi” va "Taraqqiyot strategiyasi"ning mantiqiy davomi ekanligiga to‘xtalib o‘tildi.

Muloqot mobaynida tuman, shahar adliya bo’limlari ZOOM platformasi orqali onlayn ishtirok etdi. 

Bunda asosiy e’tibor, bir tomondan, fuqarolik jamiyatini rivojlantirishga doir qonunlar, kodekslar, konsepsiya va dasturlar qabul qilinishiga qaratilgan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, unda qonun ustuvorligini taminlash, konstitutsiyaviy islohotni hayotga izchil tatbiq etish, milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, manaviyatni rivojlantirish, shuningdek, global muammolarga O‘zbekistonning munosabati, xavfsizlik va tashqi siyosat borasidagi muhim vazifalar qamrab olingani ta’kidlandi.





Namangan viloyati adliya boshqarmasi