Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

25

“O`zbekiston – 2030” strategiyasi – yangi taraqqiyot strategiyasi demak!


So`nggi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy sohada islohotlar ko`lami tobora kengayib bormoqda. Bu borada qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda. Xususan, kuni kecha 2023-yil 11-sentabrda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-158-son Farmoni qabul qilindi (keying o`rinlarda – Farmon) va mazkur Farmon bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini amalga oshirish jarayonida orttirilgan tajriba va jamoatchilik muhokamasi natijalari asosida ishlab chiqilgan “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi strategiyasi tasdiqlandi. Mazkur strategiyadan ko`zlangan maqsad mamlakatimizni ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy jihatdan yangi pog`onaga olib chiqish hisoblanadi.

Strategiyada mamlakatimizni yanada rivojlantirishga qaratilgan bir qator asosiy g‘oyalar o`z aksini topdi. Ushbu g`oyalar quyidagilardan iborat:

barqaror iqtisodiy o‘sish orqali daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin olish;

aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan ta’lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish;

aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish;

xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish;

mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli ta’minlash.

Ta’kidlash lozimki, Farmon bilan O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish va uning maqsadli ko‘rsatkichlariga erishish barcha davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida eng ustuvor vazifa etib belgilandi hamda bu bo‘yicha ularning birinchi rahbarlariga shaxsiy mas’uliyat yuklandi.

Bundan tashqari, Farmonning 2-ilovasi asosida O`zbekiston Respublikasi bosh vaziri A.Aripov raisligida “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasi tarkibi ham tasdiqlandi.

“O‘zbekiston — 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Respublika komissiyasiga “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining to‘liq, o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini tashkil etish, shuningdek, uni amalga oshirish bo‘yicha tegishli yillik dasturlarni tayyorlash va ijrosini muvofiqlashtirish, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi doirasidagi islohotlar bo‘yicha tadbirlarning aholi tomonidan bildirilgan fikr va tashabbuslar asosida sifatli amalga oshirilishi, belgilangan ko‘rsatkichlarga erishilishini nazorat qilib, natijasi yuzasidan har yarim yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga axborot kiritilishini ta’minlash kabi bir qator vazifalar belgilab qo`yildi.

Endilikda Farmonga muvofiq, “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining hududlar kesimida ijro etilishi yuzasidan qonun chiqaruvchi hokimiyat hududiy tuzilmalari – Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar va Toshkent shahar xalq deputatlari Kengashlari vazirlik va idoralar hududiy bo‘linmalari rahbarlarining axborotini har chorakda eshitishi, ularni tanqidiy muhokama qilib borishi mumkin bo`ladi.

Aytish lozimki, ushbu jarayon “O‘zbekiston — 2030” strategiyasining har tomonlama to`liq va sifatli ijro etilishiga, bu borada xalq vakillarining roli  kuchayishiga xizmat qiladi.  

O‘zbekiston — 2030” strategiyasi va uni bajarish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ijrosi, tegishli maqsadli ko‘rsatkichlarga erishilishi va ular doirasida normativ-huquqiy hujjatlar o‘z vaqtida ishlab chiqilishi ustidan nazoratni amalga oshirish tartibi ham belgilandi.

Unga ko`ra, endilikda Adliya vazirligi Hisob palatasi, “Taraqqiyot strategiyasi” markazi va “Yuksalish” umummilliy harakati bilan birgalikda “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi va uni tegishli yillarda amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar bajarilishini tizimli monitoring qilib, uning natijalarini har oyda Respublika komissiyasiga kiritib boradi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari o‘z hududlarida “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi ijrosining tegishli yillarda hududlar kesimida amalga oshirilishi bo‘yicha har chorakda nazorat tadbirlarini o‘tkazadi. Vazirlar Mahkamasi esa har oyda “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi amalga oshirilishini Bosh vazir o‘rinbosarlari huzurida tanqidiy ko‘rib chiqishni ta’minlaydi, har chorakda Hukumat majlislarida muhokama qilib boradi hamda o‘z vaqtida va to‘liq bajarilmagan tadbirlar yuzasidan Hukumat a’zolariga, shu jumladan vazirlarga nisbatan tegishli choralar ko‘radi hamda har yarim yilda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga “O‘zbekiston — 2030” strategiyasi amalga oshirilishi yuzasidan hisobot taqdim qiladi.

Mazkur Farmon ijrosini samarali tashkil qilishga mas’ul va shaxsiy javobgar etib vazirlik va idoralar rahbarlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari belgilandi.

Bir so`z bilan aytganda, O‘zbekiston — 2030” strategiyasi xalq strategiyasi o`laroq qabul qilindi. Jahon siyosiy maydonida hozirgi kunda mamlakatimiz bu kabi uzoq muddatni qamrab oluvchi rivojlanish rejasi, strategiyasiga muhtoj edi va yuqoridagi Farmonning qabul qilinishi ayni muddao bo`ldi.