Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

24

Savobli ishdan chetda qolmang!


Joriy yilning o‘tgan 9 oyi yakuni bo‘yicha Namangan viloyatida 755 mingdan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Bu raqamning o‘ziyoq aholining davlat xizmatlariga bo‘lgan ehtiyoji tobora ortib borayotganligini ko‘rsatadi. Fuqarolarni davlat xizmatlarini olish jarayonida kutish vaqtini behuda o‘tkazmaslik maqsadida Davlat xizmatlari markazlarida kichik kutubxonalar tashkil etilgan. Undan barcha tashrif buyuruvchilar erkin foydalanishi mumkin.     

DXMlardagi kitob javonlarini qiziqarli va foydali kitoblar bilan to‘ldirish maqsadida viloyatda aksiya o‘tkazilishi eʼlon qilinadi. 

Siz o‘zingiz yoqtirgan va sevib o‘qigan asaringizdan boshqalar ham bahramand bo‘lishini istasangiz bu aksiyada ishtirok eting va kitob sovg‘a qiling.  

Topshirilgan kitoblar hududlardagi markaz xodimlari tomonidan qabul qilinib, saqlashi taʼminlanadi.  Kitob-maʼnaviyat sarchashmasi, u bilan do‘stlashish nafaqat bizni maʼnan yuksaltiradi, balki ezgulikka yetaklaydi.