Янгиликлар
Namangan viloyati hokimligida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini jamoatchilikka yetkazishga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi
Mamlakatimizda o‘tgan davrda davlat boshqaruvidagi shaffoflikning ta’minlanishi natijasida jamoatchilikning fikrlarini yerkin bildirishiga «ochiq maydon» yaratib berildi. O‘zbekistondagi islohotlar jarayonida qabul qilinayotgan muhim strategik hujjatlar va Davlat dasturlari loyihasini ishlab chiqilishida keng jamoatchilikning faol ishtirok yetishiga keng imkoniyatlar yaratilmoqda.
O‘z navbatida, hujjatlar loyihasi ishlab chiqilganidan so‘ng, ular umumxalq muhokamasiga havola yetilib, oddiy odamlar, mutaxassis-yekspertlar, shuningdek xalqaro tashkilotlar vakillarining fikr-mulohazalari, taklif-tavsiyalari inobatga olinganidan so‘nggina qabul qilinib, ijroga yo‘naltirilmoqda.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrdagi “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi toʻgʻrisida”gi PF–158-son Farmoni hamda “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda sifatli va oʻz vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-300-son qarorining ijrosini ta’minlash hamda uning mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholi va ijrochilarga tushuntirish maqsadida Namangan viloyati hokimligida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda, sektor rahbarlari, viloyatda faoliyat olib borayotgan tashkilot va muassasa rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etdi.
Unda, shu yilning 11-sentabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni hamda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023-yilda o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining mazmun-mohiyati yuzasidan fikr-mulohaza yuritildi.
Tadbir davomida, Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshlig’i so’z olib, mazkur qaror Yangi O‘zbekiston sharoitida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohot va o‘zgarishlarni izchil davom ettirish, soha va yo‘nalishlarni yanada rivojlantirishga qaratilgani bilan ahamiyatli ekanini ta’kidladi. Shu ma’noda mazkur hujjatlar yurtdoshlarimizning Yangi O‘zbekistonni barpo etish bo‘yicha xohish-irodasini ro‘yobga chiqarish, sog‘lom, bilimli va ma’naviy barkamol avlodni tarbiyalash, kuchli iqtisodiyotni shakllantirish, adolat, qonun ustuvorligi, xavfsizlik va barqarorlikni kafolatli ta’minlashda muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. Shuningdek, “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmon bilan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi tasdiqlandi. Unda beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha 100 ta muhim maqsad haqida ma’lumot berib o’tdi.
Yangilangan konstitutsiyaviy-huquqiy sharoitlarda mamlakatimiz taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlarini takomillashtirish va ulkan islohotlarni yangi bosqichga olib chiqish dolzarb ahamiyat kasb etadi. Shunday ekan, yuqoridagi hujjatlar doirasidagi qator maqsad-vazifalar kelgusi 7 yil davomidagi taraqqiyotimizga zamin, huquqiy dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.
Namangan viloyat adliya boshqarmasi
Kanalga ulanish----https://t.me/namanganadliya