Янгиликлар
ANNOTATSIYASI
7. Yuridik xizmat sohasida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida.
7.1. Yuridik xizmat xodimlari faoliyatini muvofiqlashtirish yoʻnalishida:
Yuridik xizmat hodimlari faoliyat yuritayotgan tashkilotlar soni
113 tani tashkil qilib, ushbu tashkilotlarga 117 ta shtat birliklari ajratilgan, amalda faoliyat yuritayotgan yuridik xizmat xodimlari 109 ta,
8 tasi vakant.
Yuridik xizmat xodimlarining 103 nafari attestasiyadan oʻtkazilgan, attestasiyadan oʻtkazishga taʼlluqli boʻlmagan yuridik xizmat xodimlar
5 nafarni tashkil etadi.
Yuristlar malakasini oshirish markazida malakasi oshirilgan yuridik xizmat xodimlar 103 nafarni, malaka oshirishga taalluqli boʻlmagan yuridik xizmat xodimlari 5 nafarni tashkil etadi.
Yuridik xizmat xodimlarining 89 nafarida maxsus unvon-martaba darajalari mavjud.
7.2. Yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyati:
Namangan viloyatidagi yuridik xizmatlar koʻrsatish markazlari va davlat organlari va tashkilotlari (keyingi oʻrinlarda — davlat organlari va tashkilotlari) oʻrtasida oʻzaro ishni tashkil qilish “E-huquqshunos” yagona elektron tizim orqali amalga oshirilmoqda.
2023-yilning oʻtgan davri mobaynida davlat organi va tashkilotlarining “E-huquqshunos” yagona elektron tizim orqali (01.01.2023-30.09.2023-yilga qadar) jami 349 793 ta, shundan 248 134 ta buyruq, 101 659 ta shartnoma, shu jumladan mehnat shartnomasi shaklidagi yuridik tusdagi hujjat loyihalari markazlarga kelib tushgan.
Boʻlim tomonidan Markazlarga 2 ta koʻrsatma hamda 2 ta tanbeh xatlari kiritildi.
Markaz xodimlarining 2 nafariga “Hayfsan” intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi.
Shuningdek, davlat organlari va tashkilotlarini mulkiy va boshqa huquqlarini ximoya qilish maqsadida 434 ta talabnoma, 132 ta daʼvo arizalari kiritilib, ularni huqulari sudlarda samarali himoya qilindi.
Shu bilan birga Markazlar tomonidan 6 ta murojaat tizim orqali koʻrib chiqildi.
Markazlar tomonidan davlat organlari va tashkilotlari xodimlarining huquqiy ongini yuksaltirish maqsadida 8 510 dan ortiq targʻibot tadbirlari oʻtkazildi.
7.2. Notariat sohasida.
Namangan viloyatida hozirgi kunda 58 nafar xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyat olib bormoqda.
Reja asosida 16 ta, “Sirli mijoz” asosida 10 ta xususiy notariuslar faoliyati oʻrganildi.
Oʻrganish natijasida 25 ta xususiy notariuslarning faoliyati toʻxtatildi.
7.3. Advokatlik tuzilmalari boʻyicha.
Namangan viloyatida hozirgi kunda advokatlik faoliyati boʻyicha jami berilgan litsenziyalar soni (2009-yildan buyon) 342 tani tashkil etadi.
Hozirgi kunda litsenziya olib ishlayotganlar soni 187 nafarni, litsenziya olib ishlamayotganlar soni 43 nafarni tashkil etadi.
Roʻyxatdan oʻtkazilgan advokatlik tuzilmalari soni (2009-yildan buyon) 91 tani, shundan byurolar – 76 ta, hayʼatlar – 5 ta va firmalar – 10 tani tashkil etadi.
7.4. Oʻtkazilgan xizmat tekshiruvlari boʻyicha.
2023-yil oʻtgan davri mobaynida holatiga notariuslar xatti-harakatlari ustidan 17 marotaba xizmat tekshiruvlari oʻtkazilgan.
7.5. Kelib tushgan shikoyatlar boʻyicha.
Hisobot davri davomida notarial idoralari xatti-harakatlari ustidan jami 89 ta shikoyat kelib tushgan boʻlib, shundan 11 tasi asosli deb topilib, qanoatlantirilgan.
7.6. Litsenziyani toʻxtatib turish boʻyicha.
2023-yilning oʻtgan davri davomida malaka komissiyasining 10 ta yigʻilishi oʻkazilib, malaka komissiyasi yigʻilish qaroriga asosan
jami 25 nafar notariusga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilish muddati maʼlum bir muddatga toʻxtatildi.
7.7. Kelib tushgan murojaatlar boʻyicha.
2023-yilning oʻtgan davri davomida boʻlimga jami 247 tamurojaat kelib tushgan boʻlib, shundan 101 ta shikoyat, 145 ta ariza hamda 1 ta taklif kelib tushgan.
Kelib tushgan 101 ta shikoyatdan 11 tasi qanoatlantirilib, 66 tasiga huquqiy tushuntirish berilib, 24 tasi taalluqliligi boʻyicha yuborilgan.
Shuningdek, 145 ta arizadan 14 tasi qanoatlantirilib, 93 tasiga huquqiy tushuntirish berilib, 27 tasi taalluqliligi boʻyicha yuborilgan.