Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

18

Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish va metodik ta’minlash sho‘basi tomonidan 2023-yil 9 oyi davomida davomida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida ma'lumot


1. Huquqni qo‘llash amaliyotini o‘rganish sohasida.

Sho‘ba tomonidan 8 ta idorada davlat boshqaruvining samaradorligi va huquqni qo‘llash amaliyoti o‘rganish yuzasidan 6 ta o‘rganish, shuningdek 34 ta monitoring o‘tkazilib, o‘tkazilgan o‘rganish va monitoringlar davomida jami 1762 ta kamchilik va qonunbuzilish holatlari (soliq organlarida 1082 ta, kadastr organlarida 47 ta, SEP va JSBda 191 ta, mahalliy hokimliklarda 15 ta, qurilish idoralarida 7 ta, boshqa tashkilotlarda 420 ta) aniqlandi.

Aniqlangan qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish yuzasidan tegishli idoralarga jami 25 ta taqdimnoma, 1 ta ma’muriy taklif (shundan 1 tasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri rasmiylashtirilgan bayonnoma) va 15 ta ogohnomalar kiritildi.

Kiritilgan ta’sir choralariga asosan, 8 nafar shaxslar intizomiy javobgarlikka, 1 nafar mas’ul xodimlar ma’muriy javobgarlikka tortildi.

Shuningdek, taqdimnomalarga asosan, jami 79 ta, shundan 1 ta mahalliy ijro hokimiyatining va 78 ta nazorat qiluvchi organlarning qonun hujjatlariga zid bo‘lgan qaror va hujjatlari bekor qilinishi hamda 8 ta mahalliy ijro hokimiyatining, 103 ta nazorat qiluvchi organlar hujjatlarining qonunchilikka muvofiqlashtirilishi ta’minlandi.

Shu bilan birga, taqdimnomalarga asosan, jismoniy va yuridik shaxslar foydasiga 11 594 600 so‘m pul mablag‘lari qaytarilishi ta’minlandi.

Shu bilan birga, sho‘ba tomonidan jami 22 ta, shundan fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlarga 4 ta, ma’muriy sudlarga 8 ta va iqtisodiy sudlarga 10 ta da’vo arizalari kiritilib, sud qarorlariga asosan jismoniy va yuridik shaxslar foydasiga 4 141 601 400 so‘m pul mablag‘lari undirib berilishi belgilandi (hozirda 6 661 365 900 so‘m pul mablag‘larini undirishga oid kiritilgan da’vo arizalar sudlar tomonidan ko‘rib chiqilmoqda).

Shuningdek, bo‘lim tomonidan 47 ta qonun hujjatlarining ijrosi tahlil qilinib, o‘tkazilgan o‘rganishlar va tahlillar natijasida viloyat hokimligiga 2 ta va Adliya vazirligiga 6 ta tahliliy ma’lumotlar kiritildi.

2. Qonun hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish sohasida.

O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2022-yil 19-iyuldagi
161-um-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Qonunchilik hujjatlarini takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish hamda ularni baholash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga asosan, sho‘ba tomonidan o‘tgan davr mobaynida jami 12 ta takliflar ko‘rib chiqish uchun Adliya vazirligiga yuborildi.

3. Murojaatlarni ko‘rib chiqish sohasida.

Sho‘baga jismoniy va yuridik shaxslardan jami 149 ta murojaatlar (62 ta shikoyat va 87 ta ariza) kelib tushdi.

Kelib tushgan murojaatlarning 127 tasi (85,2 %) ko‘rib chiqilib, 45 tasi (35,4 %) qanoatlantirilgan va 82 tasiga (64,6 %) huquqiy tushuntirish berilgan,
5 ta (0,3 %) murojaat hal etish uchun tuman adliya bo‘limiga yuborilgan, 8 ta (0,5 %) murojaatlar tegishligiga ko‘ra ko‘rib chiqish uchun vakolatli idoralarga yuborilgan, 8 ta (0,5 %) murojaatni ko‘rib chiqish tugatilgan, 2 ta (0,1 %) murojaatlar bo‘lim tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

4. Norma ijodkorligi (huquqiy ekspertiza)

Normativ-huquqiy tusdagi qaror loyihalari bo‘yicha:

Adliya boshqarmasiga viloyat hokimi va Xalq deputatlari viloyat Kengashining jami 10 ta normativ-huquqiy tusdagi qarori loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun kelib tushgan bo‘lib, shundan, barcha qaror loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazildi. Rad etilgan (qayta ishlash uchun ijrochiga qaytarilgan) holatlar mavjud emas.

Huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan 10 ta qaror loyihasidan 8 tasi viloyat hokimining, 2 tasi viloyat Kengashining qarorlari loyihasi hisoblanadi.

Huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan 10 ta qaror loyihasidan 6 tasiga ijobiy xulosa, 4 tasiga salbiy xulosa berildi.

Yer munosabatiga oid qaror loyihalari bo‘yicha:

Adliya boshqarmasiga viloyat hokimining jami 85 ta yer munosabatlariga oid qarorlari loyihalari huquqiy ekspertizadan o‘tkazish uchun kelib tushgan bo‘lib, shundan 79 ta qaror loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan bo‘lsa, 6 ta qaror loyihasi huquqiy ekspertizadan o‘tkazilmasdan qaytarilgan.

Huquqiy ekspertizadan o‘tkazilgan 79 ta qaror loyihasidan 56 tasiga ijobiy xulosa, 23 tasiga salbiy xulosa berildi.

 

Huquqni qo‘llash amaliyotini
o‘rganish va metodik ta'minlash sho'basi