Янгиликлар
ANNOTATSIYA
I. Shoʻba tomonidan oʻrganish va monitoringlar oʻtkazish sohasida:
Shoʻba tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida vazirlikning topshirigʻiga asosan qonunchilik hujjatlari ijrosi boʻyicha 8 ta oʻrganishlar hamda
92 ta Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlarida berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan monitoringlar oʻtkazilib, natijasi boʻyicha axborot va tahliliy maʼlumotnomalar vazirlikka taqdim etilgan.
Oʻtkazilgan oʻrganish va monitoringlar natijasida 994 ta qonunchilik hujjatlari hamda topshiriqlar ijrosi buzilishi holatlari aniqlangan.
Ijrosi bevosita hududlarda amalga oshirilishi nazarda tutilgan topshiriqlar boʻyicha bajarilgan amaliy ishlarni “joyiga chiqib oʻrganish” amaliyoti yoʻlga qoʻyilgan.
II.Taʼsir choralar kiritilishi boʻyicha:
Shoʻba tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida oʻtkazilgan oʻrganish va monitoringlar natijasi boʻyicha aniqlargan qonunchilik hujjatlari buzilishi holatlari yuzasidan 32 ta taqdimnoma, hamda viloyat hokimligiga 7 ta tahliliy maʼlumotnoma va xatlar kiritilgan, shuningdek, mansabdor shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish boʻyicha 2 ta maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida ish hujjatlari rasmiylashtirilgan.
Kiritilgan taʼsir choralari natijasida topshiriqlar ijrosi boʻyicha masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻygan deb topilgan 3 nafar xodimlarga intizomiy jazo chorasi qoʻllanildi, 2 nafar shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortildi, qonunchilik hujjatlariga zid ravishda qabul qilingan 4 ta huquqiy hujjatlar bekor qilinib, qonunchilikka muvofiqlashtirilgan.
Shuningdek, shoʻba tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-apreldagi “Tashabbusli byudjetlashtirish amaliyotini yanada takomillashtirish hamda faol mahallalarni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-117-son hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ–92-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini monitoring qilish yakuni boʻyicha mahalliy davlat hokimiyati organlari hamda moliya idoralariga kiritilgan taqdimnomalar natijasida
154 916 mln. soʻm mablagʻlar tegishli jamgʻarma va hisob raqamlariga oʻtkazib berilishi taʼminlandi.
Bundan tashqari, shoʻba tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-apreldagi “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini aholiga yaqinlashtirish va tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-215-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini monitoring qilish yakuni boʻyicha kiritilgan taqdimnoma natijasida 23,4 mln. soʻm mablagʻlar tibbiyot xodimlari uchun toʻlab berildi.
III. Huquqiy targʻibot sohasida:
Shoʻba tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari, ularning mazmun-mohiyati hamda ijrosini tashkil etish masalalarini ijrochilar va aholiga yetkazish borasida sohaga oid 3 ta markaziy va 7 ta mahalliy televideniye orqali, 2 ta bosma nashrlar orqali chiqishlar qilindi.
Bundan tashqari, 8 marotaba davlat organlari va tashkilotlarida davra suhbatlari va seminarlar tashkil qilindi.
IV. Qonun hujjatlarini takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish sohasida:
Shoʻba tomonidan joriy yilning 9 oyi davomida oʻtkazilgan oʻrganishlar va monitoringlar natijasi hamda sohani takomillashtirish yuzasidan 8 ta takliflar ishlab chiqilib vazirlikka taqdim etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti
hujjatlari ijrosini nazorat qilish shoʻbasi