Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

16

Namangan viloyat adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish shoʻbasining 2023-yil 9 oyidagi faoliyati tahlili


Namangan viloyat adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish shoʻbasi tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash hamda ularda keltirilgan masalalarni hal etish boʻyicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan,

1. Oʻtkazilgan tekshirishlar yuzasidan.

Boʻlim tomonidan 2023-yilning oʻtgan 9 oyi davomida 28 ta tashkilotlarda
17 ta oʻrganishlar va 5 ta monitoring oʻtkazilgan boʻlib, oʻrganishlar davomida jami 7 112 ta kamchilik va qonunbuzilish holatlariga yoʻl qoʻyilganligi aniqlandi.

Shuningdek, jami 40 ta turli idora va tashkilotlarga taqdimnoma, 21 nafar aybdor shaxslarni maʼmuriy javobgarlikka tortish yuzasidan vakolatli organlarga taklif (bayonnoma) hamda 14 ta 318 219 200 soʻmlik sudlarga daʼvo arizalari kiritildi.

Qoʻllanilgan taʼsir choralari natijasida 18 nafar mansabdor shaxslar maʼmuriy javobgarlikka tortilib, 23 nafar shaxslarga nisbatan intizomiy javobgarlik choralari qoʻllanilgan boʻlsa, kiritilgan taqdimnomalarga asosan 1  057 133 481 soʻmlik hamda da’vo arizalarga asosan 318 219 200 so‘mlik fuqarolarga toʻlanishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari undirilishi taʼminlandi.

2. Fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarini koʻrib chiqilishi yuzasidan.

Boshqarmaga inson huquqlarini himoya qilish sohasida 2023-yilning
9 oyi davomida jami 726 ta ariza va shikoyatlar kelib tushgan. Ushbu murojaatlarning 259 tasi sho‘ba tomonidan koʻrib chiqilib, shundan 125 tasi (48,2%) qanoatlantirilgan, 134 tasiga (51,8%) huquqiy tushuntirish berilgan boʻlib, kelib tushgan jami murojaatning 248 tasi koʻrib chiqish uchun adliya boʻlimlariga hamda 178 tasi koʻrib chiqish uchun taalluqliligi boʻyicha boshqa tashkilotlarga yuborilib, 10 ta murojaat koʻrmasdan qoldirilgan.

Mazkur murojaatlarning 41 tasi boʻlim xodimlarining shaxsiy qabullarida qabul qilingan murojaatlar hisoblanadi.

Boʻlim tomonidan koʻrib chiqilgan murojaatlarni oʻrganish yakuni boʻyicha fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan 28 ta taqdimnoma va 21 ta maʼmuriy taklif va 14 ta 318 219 200 soʻmlik sudga daʼvo arizalar kiritilgan.

Xususan, Namangan viloyat adliya boshqarmasi Inson huquqlarini himoya qilish shoʻbasiga kelib tushgan murojaatlarning xususiyati boʻyicha sohalar kesimida tahlil qilinganda, Namangan viloyat adliya boshqarmasi ish yurituviga joriy yilning 9 oyi davomida jami 336 ta shikoyat shaklidagi murojaatlar kelib tushgan boʻlsa, kelib tushgan shikoyatlarning askariyat qismi ijtimoiy taʻminotga oid qonunchilik yuzasidan (umumiy shikoyatlarning 26 foizi), ichki ishlar organlari faoliyatiga doir (umumiy shikoyatlarning 16 foizi), mehnat sohasiga oid nizolar yuzasidan (umumiy shikoyatlarning 20 foizi), boshqa umumiy qonunchilik hujjatlariga oid nizolarga oid (umumiy shikoyatlarning 17 foizi) murojaatlar tashkil etmoqda.

 

 

Namangan viloyat adliya boshqarmasi

Inson huquqlarini himoya qilish shoʻbasi

bosh maslahatchisi I.To‘lqinboyev