Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Adliya vaziri o‘rinbosari tomonidan Uchqo‘rg‘on tumanidagi noyob baliq turlarini ishlab chiqarish korxonasi faoliyati o'rganildi.


Adliya vaziri o‘rinbosari tomonidan Uchqo‘rg‘on tumanidagi  noyob baliq turlarini ishlab chiqarish korxonasi faoliyati o'rganildi.

2019-yilda o‘z faoliyatini boshlagan mazkur korxonaning yillik ishlab chiqarish quvvati va eksporti 1500 tonna baliq mahsulotini tashkil qiladi.

Bu yerda Yevropa tajribasiga asoslangan holda baliqning noyob turlari, forel va losos baliqlarini intensiv usulda yetishtirish yo‘lga qo‘yilgan. 
 
Vaziri o‘rinbosari Sherzod Rabiyev tashrifi davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 13-yanvardagi “Baliqchilik tarmog‘ini yanada rivojlantirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-83-son qarorida belgilangan vazifalarning korxonadagi ijrosi ko‘rib chiqilib, 2023-yil 4-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2023-yildagi ochiq muloqotida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-292-son qarorining mazmun-mohiyati tushuntirildi.

Ma'lumot uchun: Baliq uvildiriqlari hamda ozuqasi Daniya va Germaniyadan keltiriladi.Asosan chuchuk  va kislorodga to‘yingan suvlarda yashaydigan, sovuqsevar ushbu baliq turlarini yetishtirish uchun korxona hovuzlariga suv Norin daryosining o‘zidan quyiladi va suv aylanma oqim bilan yana daryoning o‘ziga qaytadi. 

Bunda ortiqcha suv va energiya resursi sarflanmaydi. Baliq uvildiriqdan to tovar holatiga yetguniga qadar 1-1,5 yil vaqt davomida parvarishlanadi. 

Shuningdek mehmonlar MCHJ tomonidan (UZV) usulida  noyob turdagi (Forel) baliqlar yetishtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan yangi loyihasi bilan yaqindan tanishdi. Ushbu loyihaning  umumiy qiymati  37 million dollar  bo‘lib,  yiliga  2600 tonna forel baliq yetishtirish hamda 60 ta yangi ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. 

Namangan viloyati adliya boshqarmasi 
https://t.me/namanganadliya