Bog'lanish

Telefon
(+998 69) 227-06-62

Elektorn manzil
namangan@adliya.uz

Habarni yuborish
Ishonch telefoni 1008

Янгиликлар

27

Adliya vaziri oʻrinbosari Sherzod Rabiyev Uchqo‘rg‘on tumanida bo’ldi.


Galdagi uchrashuv Uchqo‘rg‘on tumani adliya boʻlimida faoliyat olib borayotdan xodimlari ishtirokida tashkil qilindi.  

Uchrashuvda, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, ularga huquqiy axborotni yetkazish hamda huquqiy xizmat koʻrsatishda tuman adliya boʻlimining faoliyatini yanada jonlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yuzma-yuz muloqotda har bir xodim bilan suhbatlashilib, sohani yanada rivojlantirish, amaliyotda uchrayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha fikr-mulohazalar tinglandi.

Shuningdek, davlat xizmatlariga tashrif buyurgan aholi va tadbirkorlik subʼektlari bilan yuzma-yuz muloqot qilib, sohani rivojlantirish, yangi xizmatlarni joriy etish va xizmat sifatini yaxshilash yuzasidan fikr-mulohaza almashildi. 

Namangan viloyati adliya boshqarmasi 
https://t.me/namanganadliya